Asosiy qismga oʻtish
GRAPHIX
Doʻkon Biz haqimizda Bogʻlanish
Menyu
  • Doʻkon
  • Savat
  • Kirish
  • Roʻyxatdan oʻtish
  • Biz haqimizda
  • Bogʻlanish
Til

Yetkazib berish va qaytarish

Tahrir 1.0 · 2026-yil 15-sentabrdan amalda

Mundarija
  1. 1. Narxlar
  2. 2. Pochta boʻlimiga
  3. 3. Eshikkacha
  4. 4. Qancha vaqt ketadi
  5. 5. Joʻnatmani olib ketmasangiz
  6. 6. Oʻlcham toʻgʻri kelmasa
  7. 7. Nuqson yoki shikast boʻlsa
  1. 1. Narxlar
  2. 2. Pochta boʻlimiga
  3. 3. Eshikkacha
  4. 4. Qancha vaqt ketadi
  5. 5. Joʻnatmani olib ketmasangiz
  6. 6. Oʻlcham toʻgʻri kelmasa
  7. 7. Nuqson yoki shikast boʻlsa

1. Narxlar

Butun Oʻzbekiston boʻylab, «Oʻzbekiston pochtasi» orqali — Toshkentda ham, viloyatlarda ham.

Pochta boʻlimiga
15 000 soʻm
Eshikkacha yetkazib berish
40 000 soʻm

Yetkazib berish narxi buyurtma summasiga qoʻshiladi va toʻlovdan oldin rasmiylashtirish sahifasida koʻrsatiladi.

2. Pochta boʻlimiga

Rasmiylashtirishda viloyat va tumaningizni tanlab, buyurtmani olmoqchi boʻlgan pochta boʻlimining 6 xonali indeksini yozasiz. Indeksni bilmasangiz, uni «Oʻzbekiston pochtasi»ning boʻlimlar xaritasidan topishingiz mumkin.

Joʻnatma yetib kelgach, pochta xabar beradi. Uni olishga pasport yoki ID-kartani olib boring: joʻnatma buyurtmada ism-familiyasi yozilgan qabul qiluvchiga topshiriladi.

3. Eshikkacha

Kuryer buyurtmani siz koʻrsatgan manzilga olib boradi va oldindan qoʻngʻiroq qiladi. Manzilni qoʻlda yozishingiz yoki xaritada belgilashingiz mumkin — belgi manzilni aniqlashtiradi, ammo koʻcha va uy raqami baribir kerak.

4. Qancha vaqt ketadi

Toʻlov tasdiqlangach, buyurtmani tayyorlab Pochtaga topshiramiz — holatini «Buyurtmalarim» sahifasida kuzatib borasiz. Pochta joʻnatmani mamlakat boʻylab odatda 1⁠–⁠6 kunda yetkazadi, eshikkacha yetkazishda kuryer uchun yana bir kun ketishi mumkin. Har qanday holatda buyurtma toʻlovdan keyin 30 kundan kechiktirmay yetkazilishi kerak.

5. Joʻnatmani olib ketmasangiz

Pochta boʻlimi joʻnatmani 1 oy saqlaydi. Xabar kelgach, kechiktirmay olib keting: ikkinchi xabarnomadan keyin pochta saqlash haqi olishi mumkin.

Muddatida olinmagan yoki rad etilgan joʻnatma bizga qaytadi. Shunda toʻlovingizdan 15 000 soʻm ushlab qolinadi, qolgani 10 kun ichida qaytariladi. Shuning uchun indeks va manzilni diqqat bilan tekshiring — ularni buyurtma sahifasida qayta koʻrishingiz mumkin.

6. Oʻlcham toʻgʻri kelmasa

Kiyilmagan, yuvilmagan va yorliqlari saqlangan mahsulotni olganingizdan keyin 10 kun ichida boshqa oʻlchamga almashtirishingiz mumkin. Avval bizga yozing — qayerga yuborishni aytamiz. Mahsulotni qaytarish va yangi oʻlchamni joʻnatish xarajatlarini xaridor toʻlaydi. Kerakli oʻlcham qolmagan boʻlsa, mahsulot narxini qaytaramiz.

7. Nuqson yoki shikast boʻlsa

Mahsulot nuqsonli yoki shikastlangan holda kelsa, iloji boricha tezroq rasm yoki video bilan bizga yozing: almashtirib beramiz yoki pulini qaytaramiz, barcha yetkazib berish xarajatlari esa bizning hisobimizdan. Nuqson haqida olganingizdan keyin 6 oy ichida murojaat qilishingiz mumkin.

Qadoq shikastlangan boʻlsa, joʻnatmani pochtaning oʻzida koʻzdan kechiring va xodim ishtirokida dalolatnoma tuzdiring.

Toʻliq qoidalar — Foydalanish shartlarida.

Oʻzgarishlar tarixi

Tahrir Sana Nima oʻzgardi
1.0 2026-yil 15-sentabr Birinchi sanali tahrir: muddatlar, pochta boʻlimida saqlash, olib ketilmagan joʻnatma va almashtirish tartibi.
Orqaga Savolingiz bormi?

Doʻkon

  • Barcha dizaynlar

Yordam

  • Bogʻlanish
  • Biz haqimizda
  • Oʻlcham jadvali
  • Foydalanish shartlari
  • Maxfiylik siyosati

Yetkazib berish

  • Pochta boʻlimiga — 15 000 soʻm
  • Eshikkacha yetkazib berish — 40 000 soʻm
  • Oʻzbekiston boʻylab, Oʻzbekiston pochtasi
  • Batafsil

Aloqa

  • +998 50 788 84 36
  • Telegram
  • Elektron pochta
© 2026 GRAPHIX. Barcha huquqlar himoyalangan.